Boshqaruv
RectoratO`quv bo`limiMa`naviyat bo`limiIlmiy bo`limAmaliyotlar bo`limiJamoat tashkilotlari
Ta'lim
FakultetlarMagistraturaAspiranturaDoktoranturaYosh olimlar kengashiKutubxonaVrachlar malakasini oshirish
DAVOLASH & TADQIQOT
Davolash ishlariADTI KlinikalariIlmiy tadqiqot bo'limiHalqaro aloqalarKonferensiyalarIlmiy kengashMITL
Kafedralar
Gumanitar-ijtimoiy fanlar kafedralariMediko-biologik tabiiy fanlar kafedralariUmum mutaxassislik va maxsus fanlar
TALABALAR HAYOTI
Talabalar uyiTalabalar konferensiyasiIqtidorli talabalar
ABITURIENT 2010 Ihtisoslashgan kengash
 

.:: Asosiy

Institut tarihiInstitut yangiliklariInstitut tuzilishi www.gov.uz www.edu.uz www.lex.uz www.andijan.uz www.doctor.uz

.:: Faoliyat

Davolash ishlariIlmiy tadqiqot ishlariZIYONET resurslariBarkamol avlodUniversiyada-2010BUKLETLARPrezident asarlari

.:: Talabalar

Dars jadvaliKutubxonaIqtidorli talabalar

.:: Hizmatlar

Sayt haritasiStatistika

.:: E-Pochta

Login:  
Parol:  
          

O`QUV-USLUB BO`LIMI

       Andijon Davlat tibbiyot institutida o`quv jarayoni Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, vazirliklar buyruq va farmoyishlari, yo`riqnomalari hamda institut rektorining buyrug`i, ilmiy kengash qarorlariga asosan tashkil qilinadi.
       Respublika hukumati va Oliy Majlis tomonidan "Ta'lim to`g`risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilinishi institutda o`quv jarayonini tashkil qilishda tub burilish yasadi.
       Respublikada ana shu qonun va dasturga asosan o`quv rejalari, o`quv dasturlari va davlat standartlari qayta ko`rib chiqilib, barcha o`quv yurtlari qatori ADTI o`quv jarayoniga ham tatbiq qilindi.
       ADTI o`quv bulimi institut ochilgan 1955 yilda tashkil topdi.
       O`quv bo`limining birinchi boshlig`i etib 1955 yilda dotsent S.S.Rumiy tayinlandi va bu etuk olim o`quv jarayonini sifatli va har tomonlama yuksak darajada o`tkazishga o`z hissasini qo`shdi.
       O`quv bo`limi institutning asosiy bo`limlaridan biri hisoblangani va o`quv jarayonining bir maromda kechishi, uning sifatli yo`naltirilishi, o`quv rejalari va dars jadvalining o`z vaqtida tuzilishi, uni amalga oshirish ko`p jihatdan shu lavozimda ishlayotgan shaxsga bog`liqligi uchun ham bo`limga boshliq tanlanganda uning o`quv-uslubiy ishlarni yaxshi bilishi birinchi mezon bo`lib xizmat qiladi.
       S.S.Rumiydan so`ng shunday xislatlarga ega bo`lgan dots. O.M.Mahmudov (1969 - 1970), YU.A.Martyanov (1970 - 1972), V.V.Arutyunov (1972 - 1973), dots. X.I.Mamajonov (1973 - 1980), A.A.YOlkina (1980 - 1984), dots. G.A.Legkoeva (1984 - 1991), dots.T.J.Jalilov (1991 - 1999), M.N.Abdurahmonovalar (1999 - 2005) faoliyat ko`rsatdilar. Institutning bir necha marta Davlat Attestatsiyasidan (1971, 1974, 1983, 1996, 1998 yillarda) muvaffaqiyatli ravishda o`tishida yuqorida nomlari tilga olingan insonlarning munosib hissalari bor. SHu davrda o`quv bo`limining ish faoliyati kengaydi. Bo`limga o`qituvchilar malakasini oshirish, diplomlarni rasmiylashtirish, o`quv-uslubiy ishlarni olib boruvchi xay'atlar ustidan nazorat olib borish ham topshirildi.
       Hozirgi kunda markaziy uslubiy hay'atga o`quv ishlari bo`yicha prorektor prof. Q.Q.Qosimov (xay'at raisi), ijtimoiy-gumanitar fanlar bo`yicha A.A.Asxanov, tibbiy-biologik fanlar bo`yicha prof. I.K.Qosimxo`jaev, terapiya fani bo`yicha prof. K.K.Soliev, akusherlik-ginekologiya fanlari bo`yicha professor T.K.Muhitdinova, jarrohlik fani bo`yicha prof. F.N.Nishonov, pediatriya fani bo`yicha prof. O.S.Toshboev (hay'at a'zolari) rahbarlik qilmoqda. Ushbu olim-pedagoglar rahbarlik qilgan xay'atlarda o`quv-tarbiya jarayonining muhim masalalari har tomonlama muhokama qilinib, kabul kilingan karorlar tasdiqlash uchun institut ilmiy kengashiga takdim etiladi.
       Institutda professor-o`qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirish jarayoniga ham katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bu muhim ish - doimo institut rahbariyatining diqqat markazida. Oxirgi 5 yilda 388 nafar professor-o`qituvchi Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi malaka oshirish markazida, MDH mamlakatlarida (Rossiya, Ukraina), chet ellarda (Angliya, Isroil) va boshqa joylarda o`zlarining kasbiy mahoratlarini oshirdilar. Ular olgan bilimlarini o`quv jarayoniga tatbiq etmokdalar.
       O`quv jarayonini takomillashtirish, mukammallashtirish uchun o`quv-uslubiy adabiyotlarning tutgan o`rni nihoyatda kattadir. Institutning o`quv ishlari bo`yicha prorektorlari, o`quv bo`limi xodimlari ham bu borada samarali ish olib bormoqdalar. SHu kungacha institut olim-pedagoglari tomonidan tibbiyotning dolzarb masalalariga bag`ishlangan 1748 ta, shu jumladan, oxirgi 5 yilda 478 ta o`quv-uslubiy qo`llanma va risolalar chop etildi. Xozirda institut rahbariyati tomonidan o`quv jarayonini kompyuterlashtirish, yakuniy nazorat xakkoniyligini ta'minlash maksadida test markazida kompyuterlardan, virtual va elektron adabiyotlardan foydalanishga katta ahamiyat berilmokda.
       Klinik fanlarni o`qitish uchun Farg`ona vodiysida yagona bo`lgan ko`p profilli, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va sobiq rektor prof. YU.O.Otabekovning sa'y-harakatlari bilan 1971 yilda institut klinikasining ishga tushirilishi o`quv yurti hayotida katta voqea bo`ldi va talabalarni o`qitish uchun etarli klinik baza vujudga keldi.
       Ma'lumki, nazariy kafedralarda, ayniqsa, darslari tajribaga asoslangan fanlarni o`qitish uchun tajriba hayvonlarini tayyorlab beruvchi bo`lim - vivariyning ahamiyati kattadir. Institut tashkil qilingan birinchi yillardanoq bu muhim ishga rektorat doimo e'tibor berib keldi va buning natijasida institutda nafaqat o`quv jarayoni uchun, balki ilmiy ishlar uchun ham xizmat qiluvchi vivariy qurib bitkazildi va bu bo`lim hozirda nazariy kafedralarni eksperimental hayvonlar bilan to`la ta'minlab kelmoqda.
       Institut talabalari va xodimlari ishini kutubxonasiz tasavvur qilish qiyin. Bu borada talabalar uyida kutubxonalar tashkil qilinganini ta'kidlab utish lozim. Hozirgi kunda institut talabalar uyidagi kutubxonalarda mingdan ortiq darslik va o`quv qo`llanmalari bor. Mazkur adabiyotlardan talabalar kechki payt, institut kutubxonasi ishi to`xtagan mahalda unumli foydalanishlari mumkin.

E'lonlar doskasi

Let's learn to speak other languages

Yurtimiz yangiliklari

• Osiyo chempionatining oltin medallari
• Milliy emlash kunlari: ikkinchi bosqich boshlandi
• Oqsaroyda qabul
• Andijon: o'rganishga munosib tajriba

Rectorat | O`quv bo`limi | Ma`naviyat bo`limi | Ilmiy bo`lim | Amaliyotlar bo`limi | Fakultetlar | Bakalavriat | Magistratura | Aspirantura | Kutubxona | Davolash ishlari | ADTI Klinikalari | Halqaro aloqalar | Konferensiyalar | Ilmiy kengash | Kafedralar | Talabalar uyi | Bo'sh vaqtlarda |

© 2003-2010 www.andmi.uz
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali