Let's learn to speak other languages

.:: Asosiy.:: Faoliyat.:: Talabalar.:: Hizmatlar.:: E-Pochta |
"YOSH OLIMLAR KENGASHI"NING NIZOMI I. UMUMIY QOIDALAR
Ushbu NIZOMKadrlar tayyorlash milliy dasturi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi "Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida"gi 436 -son Qarori, "YOshlar yili " Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda hamda Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligini 2008 yili 2 apreldagi № 92, 2008 yil 20 iyundagi №189 va 2008 yil 8 avgustdagi №237 buyruqlarini ijro uchun qabul qilgan holda instututning barcha bosqichlaridagi iqtidorli talaba- yoshlarini ilmiy saloxiyatini oshirish, ilmiy ko`nikmalarini ortirish, ixtiro va ratsionalizatorlik ishlarini takomillashtirish va pirovard natijada ularni turli nomdorlik stipendyalar tanlovida ishtirok etishiga va grant shartnomalarida qatnashishda uslubiy yordamlar berish, institut ilmiy Kengashining qarorlarini va Ilmiy bo`lim tomondan beriladigan ko`rsatmlarni amalga oshirish uchun faoliyat ko`rsatadi va quyidagi maqsadlarni o`z oldiga qo`yyadi: II.IKTIDORLI TALABALAR VA YOSH OLIMLAR BILAN ISHLASHDAGI ASOSIY VAZIFALAR: 1.Saralab olingan har bir iqtidorli talaba bilan individual kalendar ish rejalarni tuzish va institut miqyosida tasdiqlanishini ta'minlash; Iktidorli talabalrni saralash, ular tomonidan tayyorlangan ilmiy-amaliy loyixa buyicha amalaga oshiriladi: 3.Instutning barcha kafedralarida Ilmiy maktablar tuzish, ularni ishini muvvofiklashtirish; 4.Ilmiy maktablar iqtidorli talabalarni aniqlash, ilmiy -tadqiqot ishlariga jalb qilish bilan shug`ullanish, "YOsh olimlar kengashi" ilmiy maktablar tomonidan olib borilayotgan ishlarni mavofiklashtiradi. 5.Ilmiy maktablarda mavjud iqtidorli talabalar, nomzodlik dissertatsiyasi bilan shug`ullanish istagini bilditrgan iktidorli talabalar va mustakil tadqiqotchilik asosida nomzodlik dissertatsiyasi bilan shug`ullanish istagini bildirgan yosh olimlarning monitoringini utkazish; 6.Doimiy ravishda monitoring natijalarini tahlil qilib borish va ular yuzasidan instiutning Ilmiy bo`limiga xisobat berib borish; 7.Ilmiy ishlar bilan shug`ullanish istagini bildirgan talabalarni, tanlagan ilmiy yo`nalishi bo`yicha, kafedralar qoshidagi ilmiy maktablariga yunaltirish; 8. Iktidorli yoshlarni xalqaro va respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman, seminar va simpoziumlarda doimiy ishtirokini ta'minlash; 9.Iqtidorli yoshlarni O`zbekiston Respublikasining Davlat va Prezident stipendiyalariga, iqtidorli yoshlar faoliyatini qo`llab-quvvatlovchi turli xil Davlat, chet el grantlariga tavsiya qilish hamda ishtirokini ta'minlash xaqida institut raxbariyatiga murojat qilish; 10.Xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida iqtidorli talabalarni ta'lim olishga tavsiyalar berish; 11.Iqtidorli talabalar o`rasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlar o`tkazib borish; 12.Kafedralar qoshidagi Ilmiy maktablarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida iqtidorli yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash; 13.O`zlashtirishi yuqori bo`lgan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarni rag`batlantirish haqida instutut raxbariyatiga taklif bilan chiqish; 14.Har yili iqtidorli talabalar va yosh olimlarning ilmiy -amaliy anjumanini o`tkazish va talabalrni ilmiy ijodiyotga faol jalb qilish va yuqori salohiyatli professor o`qituvchilarga biriktirish orqali maqsadli yo`naltirish, iqtidorli yoshlar olib borayotgan ilmiy izlanishlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash maqsadida institut miqyosida xar yili iqtidorli talabalar ilmiy ishlari tanlovlarini tashkil qilish va o`tkazish; 15.Iqtidorli talaba o`zi tanlagan fanning etuk mutaxassisi bo`lishga intiluvchi, informatika va axborot texnologiyalarini, xorij tillarini mukammal biladigan, zamonaviy adabiyotlardan voqif bo`lgan va bilimlarini amaliyotga tadbiq qila oladigan, ma'naviy barkomol va doimo izlanuvchi talaba yoshlar monitoringini utkazish; 16.Iqtidorli talabani aniqlash bosqichlari: Bu sinovlvrning xammasi may oyida o`tkaziladi va barcha sinov imtxonlari natijalari 86 foizdan yuqori bo`lsa talaba iqtidorli talaba deb tan olinadi. Iqtidorli talaba yangi o`kuv yilidan boshlab o`zlari faoliyat ko`rsatishni hoxlagan kafedralarida sentyabr oyidan mart oyigacha ilmiy-amaliy ish bilan shug`ullanadi, ular ilmiy rahbar (Ustozi) boshchiligida tibbiy asbob-uskunalarida ishlashni o`rganishadi, diagnostika va davolash jarayonlarida ishtirok etishadi va ilmiy -amaliy loyixa tayyorlaydi. III.FAN OLIMPIADALARI BUYICHA VAZIFALAR:
"Yosh olimlar kengashi", instiutning ilmiy bo`limii va dekanatlar bilan hamkorlikda institut miqyosida iktidorli talabalar va yosh olimlar va Fan olimpiadalarda ishtirok etuvchi talabalarni ajratib olish maqsadida manitoring utkaazdi. IV.YOSH OLIMLAR KENGASHINING XUQUQLARI:
1. Kengash xukuklarini kengash raisi, agar u bo`lmasa uning ko`rsatmasi bilan kengashdagi boshqa hodim amalaga oshiradi; V. YOSH OLIMLAR KENGASHINING MAJBURIYATLARI:
1.Iqtidorli yoshlar faoliyati yuzasidan o`rnatilgan shakllardagi hisobatlarni Oliiy va o`rta maxsus tal'lim vazirligigiga va Sog`liqni saqlash vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim etish; ![]() |
E'lonlar doskasi |
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali
