Let's learn to speak other languages

.:: Asosiy.:: Faoliyat.:: Talabalar.:: Hizmatlar.:: E-Pochta |
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING
AXBOROT RESURS MARKAZI
ILMIY-METODIK BO'LIM
Institutda ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan professor - o'qituvchilar, izlanuvchilar, tadqiqotchilar, aspirant, magistrant va iqtidorli talabalarning ilmiy mavzulardagi izlanishlarni olib borishlari uchun zarur bazani yaratish, ta`minlash uchun ARM da maxsus ilmiy - metodik bo'lim tashkil etilgan. Ilmiy bo'limda Respublikamiz va ayrim xorijiy davlatlarda chop etiladigan ilmiy nashrlar, davriy - ilmiy va ilmiy -tibbiy,ilmiy -uslubiy, ilmiy-ma`rifiy, ilmiy - ommabop jurnallar, axborotnomalar, tadqiqot ishlariga oid me`yoriy-xuquqiy xujjatlar to'plamlari, Nizomlar, institut professor-o'qituvchilari tomonidan nashr etilgan adabiyotlar, ularning elektron kompakt disklari mavjud . Xozirgi kunda doktorlik xamda nomzodlik dissertatsiyalari va aftoreferatlar, magistrlik dissertatsiyalari, talabalarning bitiruv malakaviy ishlarining qog'oz va elektron variantlari saqlanmoqda. Bo'limda Oliy attestatsiya komissiyasi dissertatsiyalar katalogidan foydalanish yo'lga qo'yilgan.
Axborot xizmati va marketing bo`limi
ELEKTRON AXBOROT RESURS VA ADABIYÎÒLAR BO`LIMI
AXBOROT TEXNOLOGIYÀLARI BO`LIMI
QABUL QILISH VA KATALOGLASHTIRISH BO`LIMI
![]()
Ushbu bo`lim markaz fondiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan adabiyotlar xamda xujjatlarning umumiy jamlama va yakka tartibdagi xisobini yuritish, mavjud bo`linmalar jami fondining aniq xisobini amalga oshirishni ta`minlaydi. Bo`limda axborotlarni ma`lumotlar bazasida saqlashning, fondni kitobxonlar so`rovi asosida ta`minlash va Respublikadagi boshqa viloyat xamda oliy o`quv yurtlaridagi AKM, ARM lar bilan muvofiqlashtirilgan xolda keng aholi ommasi va talaba - yoshlarning kitobxonlik so`roviga ko`ra xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.
JAMG'ARMA SAQLASH BO`LIMI
![]()
"Jamg'arma saqlash bo`limi" ARM ning yirik bo`limlaridan biri bo`lib, unda 309.226 nusha adabiyotlar jamlangan. ARM da axborot resurslari o`zbek, rus, ingliz, nemis kabi tillarda jamlangan. Davlat tilidagi adabiyotlar kollektsiyasi tarkibi jixatdan eng katta miqdorni egallaydi. Shuningdek, rus tilidagi adabiyotlar fondi xam tarkibi jixatdan boy bo`lib, ular ijtimoiy - siyosiy, gumanitar, tabiiy - ilmiy va texnika fanlariga oid nashrlardir. Ilmiy mazmundagi adabiyotlar fondda asosiy va muxim o`rinni egallaydi.
ADTI ARM ning Respublikadagi etakchi ta`lim muassasalari ARM lari bilan o`zaro xamkorlik aloqasi. ![]() ADTI ARM ning Andijon Viloyat Oliy ta`lim muassasalari bilan o`zaro xamkorlik aloqasi ![]() |
E'lonlar doskasi |
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali
Andijon Davlat Tibbiyot instituti qoshidagi "Axborot - resurs markazi" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ - 381 - sonli "Respublika aholisini Axborot - kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g'risida"gi qarori asosida institut kutubxonasi bazasida tashkil etilgan.
ARM foydalanuvchilarining talabnomalari asosidagi bibliografik ma`lumotlarini topish zarur ma`lumotlarni foydalanuvchi istagiga ko`ra elektron va yozma variantlarda taqdim etish "Axborot - xizmati va marketing bo`limi" tomonidan amalga oshiriladi.
Axborot va yangiliklarni foydalanuvchilarga extiyojlari asosida shakllantirish va tarqatishga qaratilgan "Elektron axborot - resurs va adabiyotlar bo'limi" aholiga xizmat ko'rsatadi. O'quv zalida bir vaqtning o'zida 400 nafar kitobxonga xizmat ko'rsata oladi.
ARM faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakli bo`lgan "Axborot texnologiyalari bo`limi"da axborot - kommunikatsiya vositalari bilan ishlash ko`nikmasi va malakasiga ega bo`lgan, multmediya vositalari yordamida axborotlarni shakllantirish tajribasiga ega xodimlar faoliyat olib bormoqda.



