Boshqaruv
RectoratO`quv bo`limiMa`naviyat bo`limiIlmiy bo`limAmaliyotlar bo`limiJamoat tashkilotlari
Ta'lim
FakultetlarMagistraturaAspiranturaDoktoranturaYosh olimlar kengashiKutubxonaVrachlar malakasini oshirish
DAVOLASH & TADQIQOT
Davolash ishlariADTI KlinikalariIlmiy tadqiqot bo'limiHalqaro aloqalarKonferensiyalarIlmiy kengashMITL
Kafedralar
Gumanitar-ijtimoiy fanlar kafedralariMediko-biologik tabiiy fanlar kafedralariUmum mutaxassislik va maxsus fanlar
TALABALAR HAYOTI
Talabalar uyiTalabalar konferensiyasiIqtidorli talabalar
ABITURIENT 2010 Ihtisoslashgan kengash
 

.:: Asosiy

Institut tarihiInstitut yangiliklariInstitut tuzilishi www.gov.uz www.edu.uz www.lex.uz www.andijan.uz www.doctor.uz

.:: Faoliyat

Davolash ishlariIlmiy tadqiqot ishlariZIYONET resurslariBarkamol avlodUniversiyada-2010BUKLETLARPrezident asarlari

.:: Talabalar

Dars jadvaliKutubxonaIqtidorli talabalar

.:: Hizmatlar

Sayt haritasiStatistika

.:: E-Pochta

Login:  
Parol:  
          

DAVOLASH ISHLARI

     Institut professor-o`qituvchilari o`quv va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga davolash ishlarida ham faol ishtirok etadilar.
     Besh yil davomida institut klinikasida 132.009 ta bemor davolandi, shulardan 32415 nafar bemorda kundalik va original tashrixlar o`tkazildi. Poliklinika bo`limida 340669 ta bemorga yuqori malakali konsultativ yordam ko`rsatildi, radiologiya bo`limida MRT "Simens" apparati vositasi bilan yiliga 4300 dan ortiq bemorlarda diagnostik tekshiruvlar o`tkazilmoqda.
     So`nggi ikki yil mobaynida klinikada yopiq usulda yurak nuqsonlari bor bemorlarda mitral komissurotomiya, ochiq arterial anastomozlar, elektrostimulyatorlar qo`yish, o`pkada lobektomiya, pulmonoektomiya, o`t yo`llaridagi plastik operatsiyalar, oshqozondagi murakkab rekonstruktiv operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Sun’iy buyrak bo`limida o`tkir va surunkali buyrak etishmovchiligi, diabetik nevropatiyalar, ayrim kollogenozlarning buyrak asoratlari, sepsis holatlarda maxsus yordam ko`rsatish uchun imkoniyatlar yaratilgan.
     Rentgen bo`limida rentgen tasvirlarini kompyuterda ko`rish va oddiy oq qog`ozlarga chiqarish yo`lga qo`yilgach, bemorlarga yanada ko`proq qulayliklar yaratildi. Bu ixtiro deb tan olindi va patentlashtirildi. ADTI professor-o`qituvchilari nafaqat davolash ishlarida, balki otaliq ishlarini olib borishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Otaliq ishlari 2000 yili qabul qilingan "Sog`lom avlod" dasturi, 2001 va keyingi yillardagi "Onalar va bolalar yili", "Qariyalarni qadrlash yili", "Mehr va muruvvat yili" davlat dasturlarida belgilangan reja va tadbirlarga muvofiq amalga oshirildi.
     Namangan viloyatida 1-yanvardan 28-fevralgacha 2916 ta tadbir, jumladan 540 tasi mahallalarda, 50 tasi maktablarda, 25 tasi kasb-xunar kollejida bo‘lib, jami 615 ta muassasalarda tadbir o‘tkazildi. Shu jumladan 209 ma’ruza, 239 davra suhbati, 1535 ta suhbatlar, 21 ta anjuman, 576 ta savol-javob kechalari o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu viloyatda 4848 ta tug‘ish yoshidagi ayollar ko‘ruvdan o‘tkazilib, 1693 tasi sog‘lomlashtirildi, 357 nafariga bachadon ichi vositasi o‘rnatildi, 395 nafar ayollarda boshqa kontratsepsiya usullari bilan qamraldi. 2611 ta 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 1467 ta xastaliklar aniqlandi va 1201 tasi sog‘lomlashtirildi.
     Andijon viloyatida 1-yanvardan 28-fevralgacha 13395 ta tadbirlar o‘tkazilib, jumladan 672 ta ma’ruzalar, 790 ta davra suhbatlari, 9976 ta suhbatlar, 47 ta anjuman va 587 ta savol-javob kechalari uyushtirildi. Ushbu tadbirlarda 2937 ta mahalla, 214 ta maktab, 72 ta kasb-xunar kollejini qamrab olindi. 22901 ta tug‘ish yoshidagi ayollar ko‘ruvdan o‘tkazilib, 12742 nafari sog‘lomlashtirildi. 955 nafariga bachadon ichi vositasi o‘rnatilib, 846 nafardan ortig‘i boshqa kontratsepsiya usullari bilan qamraldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqoridagi tumanlarda 11699 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 7186 nafarida xastalik aniqlanib 6989 nafari sog‘lomlashtirildi. Shu bilan birga ushbu tumanlarda sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom oilani shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

     Otaliq ishlarida deyarli barcha klinik kafedralar faol ishtirok etishdi. Axoliga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatni yaxshilash, davolash-profilaktika muassasalarida ishlayotgan tibbiy xodimlarga yordam ko`rsatish maqsadida har yili 1 iyuldan 25 avgustga qadar yozgi otaliq ishlarini olib borish uchun institut professor-o`qituvchilaridan iborat guruxlar Fargona vodiysi viloyatlari shahar-tumanlariga safarbar qilinadi.
     Joylarda, asosan, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
     - diagnozi mavxum va og`ir bemorlarni ko`rish, ularni aniqlash va davolashda qatnashish;
     -viloyatlarda tug`ish yoshidagi ayollarni sifatli tibbiy ko`rikdan o`tkazish, ulardagi ekstrogenital kasalliklarni aniqlash, dispanser nazoratiga olish va statsionar sharoitda sog`lomlashtirish;
     -xomiladorlikka moneligi bo`lgan ayollarga kontratseptiv vositalarni qo`llash, ixtiyoriy jarroxlik kontratseptsiyasini keng joriy etish;
     -bolalar va o`smirlarni ko`rikdan o`tkazish;
     -qariyalarda uchraydigan kasalliklarni aniqlash va profilaktika qilish;
     -shahar va tumanlardagi tibbiyot muassasalari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida terapiya, pediatriya, akusherlik-ginekologiya fanlaridan hozirgi kun muammolariga bag`ishlangan ma’ruzalar o`qish, seminarlar o`tkazish.
     Bulardan tashqari, aholi o`rtasida, maktablarda, shu joylardagi poliklinikalarga qarashli mahalla bog`chalarida ham seminar va ma’ruzalar o`qildi. Maxalliy matbuotda yuqorida aytib o`tilgan mavzularda maqolalar chop etildi.
     Mutaxassislarimiz tomonidan ko`rikdan o`tkazilib, kerakli maslahatlar berilgan bemorlar to`g`risida quyidagi jadvalni keltirish mumkin:
     Tibbiy yordam berish maqsadida mutaxassislarimiz tomonidan 107933 ta o`smir yoshlar ko`rikdan o`tkazildi. 480950 ta fertil yoshdagi ayollar ham qisman ko`rildi va ularning anketalari o`rganib chiqildi. Ayollarning 58,9 foizida BIS borligi, oral kontratseptsiyani qo`llovchilar 1,4 foizni, in’ektsion kontratseptsiyani oluvchilar 1,6 foizni hamda ixtiyoriy jarroxlik kontratseptsiyasini ko`llovchilar esa 3,4 foizni tashkil etishi aniqlandi.
     Institutda har yili iyul-avgust oylarida qo`shimcha 2 ta brigada tuzilib, guruxga terapevt, akusher-ginekolog, reanimatolog, kardioxirurg, pediatr, infektsionist va UZI apparatida ishlovchi mutaxassislar kiritiladi, ular sog`liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan jadval asosida viloyatimiz tumanlarida profilaktika-davolash ishlari bilan shug`ullanadilar.
     Besh yil davomida etakchi mutaxassis-terapevtlar 3260 ta, pediatrlar 758 ta bolalarni, akusher-ginekologlar 1078 ta bemor xamda fertil yoshdagi ayollarni, kardioxirurglar 366 ta yurak organik xastaligi bo`lgan bemorlarni ko`rikdan o`tkazdilar. Jami 4704 nafar bemor konsultatsiya qilindi. 2997 ta bemor ultratovush tekshiruvidan o`tkazildi.
     Konsultativ va diagnostik ishlar olib borish davomida ixtisoslashtirilgan shifoxonada davolanishga muxtoj bo`lgan bemorlar maxsus yo`llanmalar bilan institutimiz klinik shifoxonasiga jo`natildi.
     Institutning amaliyot rahbarlari va talabalar 2000-2004 yillarda yozgi malakaviy amaliyot davrida Farg`ona vodiysi tuman va shaharlarida quyidagi xajmdagi davolash va otalik ishlarini bajardilar:
     "Soglom avlod" davlat dasturini amalga oshirishda Farg`ona vodiysi viloyatlarining sog`liqni saqlash amaliyoti xodimlariga otaliq yordami ko`rsatiladi.
     Har yili institut professor-o`qituvchilari - pediatriya, akusherlik-ginekologiya, ichki kasalliklar, jarroxlik va boshqa ixtisosliklar bo`yicha etakchi mutaxassislar sog`liqni saqlash muassasalariga bemorlarni tashxislash, davolash va profilaktik tadbirlarda ko`maklashmoqda. Buning natijasida joylarda tibbiy xizmat ko`rsatish sifati va ko`lami keskin oshmoqda.
     2004 yilda 100 ga yakin professor-o`qituvchilar, 700 nafar yuqori kurs talabalari Andijon viloyatida sil kasalliklari holatini aniqlashga safarbar qilinib, olingan ma’lumotlar asosida profilaktik-davolash tadbirlari belgilandi va amalga oshirildi. "Sil kasalligini erta aniqlash, emlash, qayta emlash, tuberkulin diagnostikasi", "Sil kasalligini DOTS dasturi bo`yicha davolash", "Sil kasalligining oldini olish" mavzularida ma’ruzalar o`qildi, seminarlar o`tkazildi.
     Ushbu tadbirlar jarayonida aholining turli qatlamlari orasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 31-dekabrdagi 391-sonli «OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtirish respublika komissiyasining majlis bayoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida»gi buyrug‘ini nazorat qilish maqsadida «OIV infeksiyasini etiopatogenezi, epidemiologiyasi, dif-diagnostikasi, klinikasi, tekshirish va davolash usullari hamda profilaktikasi» hamda «OIV/OITS bo‘yicha nimalarni bilasiz?» mavzularida ko‘p marotaba ilmiy anjumanlar va seminarlar bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzalar o‘qib, eshittirildi hamda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
     Har yili tug`ish yoshidagi ayollarni sog`lomlashtirish, istalmagan homiladorlikning oldini olish, homiladorlikka nisbiy va mutloq moneligi bor ayollarni nazorat qilish, sog`lomlashtirish, kontratseptiv vositalarning qo`llanilishi, saqlanishi va hisobotini olib borish kabi tadbirlarga jalb qilingan yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan brigadalar Andijon, Fargona va Namangan viloyatlaridagi o`zlariga biriktirilgan tuman va shaharlarda davolash-profilaktika ishlarini amalga oshiradilar.

E'lonlar doskasi

Let's learn to speak other languages

Yurtimiz yangiliklari

• Osiyo chempionatining oltin medallari
• Milliy emlash kunlari: ikkinchi bosqich boshlandi
• Oqsaroyda qabul
• Andijon: o'rganishga munosib tajriba

Rectorat | O`quv bo`limi | Ma`naviyat bo`limi | Ilmiy bo`lim | Amaliyotlar bo`limi | Fakultetlar | Bakalavriat | Magistratura | Aspirantura | Kutubxona | Davolash ishlari | ADTI Klinikalari | Halqaro aloqalar | Konferensiyalar | Ilmiy kengash | Kafedralar | Talabalar uyi | Bo'sh vaqtlarda |

© 2003-2010 www.andmi.uz
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali