Let's learn to speak other languages

.:: Asosiy.:: Faoliyat.:: Talabalar.:: Hizmatlar.:: E-Pochta |
Andijon Davlat tibbiyot institutining asosiy ilmiy yo`nalishlari respublikamizda dolzarb muammolar va ilmiy-texnik dasturlarga asoslangan holda olib borilmoqda. Institutda olib borilayotgan 49 ta umumlashgan ilmiy mavzular bo`yicha Respublikamizdagi etakchi institutlar, ilmiy tekshirish institutlari va Respublika FTM da olib borilayotgan ilmiy yo`nalishlarga asoslangan holda 7 ta yo`nalish bo`yicha ish olib bormoqda. FTDK TOMONIDAN MOLIYALASHTIRUVCHI ILMIY TADQIQOTLAR. 2009 yilda Uzbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Fan va texnologiyalarning rivojlantirish muvofiqlashtirilgan bo`limining amaliy va innovatsion grantlar loyixasining tanlovida 1 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyixalarimiz g`olibligini qo`lga kiritib, 2009-2010 yillar mobaynida 60 373 000 sumlik ishlar amalga oshirilyapti. Konkursdan o`tgan loyixalar quyida ko`rsatilgan:
ILMIY-AMALIY ANJUMANLAR Institutda 2009 yilda xorijiy olimlar, Respublikamiz hamda viloyatimizning barcha oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari va talabalari vakillarining ishtirokida bir qancha anjumanlar bo`lib o`tdi. Bulardan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligining 2009 yilga 2 ta ilmiy-amaliy anjuman rejalashtirilgan edi. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligining 26 oktyabr 2009 yilga 317-sonli buyrug`iga binoan "Psixiatriya va nevrologiyaning zamonaviy muammolari" ilmiy-amaliy anjumani 2009 yil 11-12 dekabr kunlari bo`lib o`tdi. Ushbu anjumanda Respublika tibbiyot xodimlari va olimlari qatnashdilar: MDH davlatlaridan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Nukus, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari shifokorlari, Andijon Davlat tibbiyot instituti doktorantlari, aspirantlari, klinik ordinatorlari, magistrlari va yuqori kurs talabalari qatnashdilar va 496 ta tezislar chop etildi. Bundan tashqari 2009 yil 4 iyun kuni "Giyoxvandlik va OIST - diagnostika davolash va profilaktikasi" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o`tkazildi va 168 ta tezislar chop etildi. YAna 2009 yil 1 may kuni "YOshlar yiliga bag`ishlangan talabalarning XXXXVI ilmiy-amaliy anjumani" muvaffaqiyatli o`tkazildi va 200 ta tezislar chop etildi.
ILMIY KADRLAR TAYYORLASH. Institutimizda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining eng muxim, asosiy ko`rsatkichlaridan biri nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilishdir. Dissertantlarning asosiy qismini esa aspirantura va doktorantura taxsilini olgan yosh mutaxassislar tashkil qiladi.
|
E'lonlar doskasi |
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali