Boshqaruv
RectoratO`quv bo`limiMa`naviyat bo`limiIlmiy bo`limAmaliyotlar bo`limiJamoat tashkilotlari
Ta'lim
FakultetlarMagistraturaAspiranturaDoktoranturaYosh olimlar kengashiKutubxonaVrachlar malakasini oshirish
DAVOLASH & TADQIQOT
Davolash ishlariADTI KlinikalariIlmiy tadqiqot bo'limiHalqaro aloqalarKonferensiyalarIlmiy kengashMITL
Kafedralar
Gumanitar-ijtimoiy fanlar kafedralariMediko-biologik tabiiy fanlar kafedralariUmum mutaxassislik va maxsus fanlar
TALABALAR HAYOTI
Talabalar uyiTalabalar konferensiyasiIqtidorli talabalar
ABITURIENT 2010 Ihtisoslashgan kengash
 

.:: Asosiy

Institut tarihiInstitut yangiliklariInstitut tuzilishi www.gov.uz www.edu.uz www.lex.uz www.andijan.uz www.doctor.uz

.:: Faoliyat

Davolash ishlariIlmiy tadqiqot ishlariZIYONET resurslariBarkamol avlodUniversiyada-2010BUKLETLARPrezident asarlari

.:: Talabalar

Dars jadvaliKutubxonaIqtidorli talabalar

.:: Hizmatlar

Sayt haritasiStatistika

.:: E-Pochta

Login:  
Parol:  
          

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI
IXTISOSLASHGAN KENGASH


      Andijon Davlat tibbiyot instituti qoshidagi K.087.14.01 raqamli ixtisoslashgan kengash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 1999 yil 29 iyundagi 210-sonli buyrug`iga asosan tashkil qilingan.
      Ixtisoslashgan kengashga ichki kasalliklar (14.00.05) bo`yicha fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasini o`tkazishga ruhsat berilgan.
      Ixtisoslashgan kengash tarkibi 13 ta professorlardan iborat.
      Bu ixtisoslashgan kengashda respublikamizning boshqa tibbiyot institutlarida ham bajarilgan nomzodlik dissertatsiyalari himoya kilinadi.

KENGASH HAQIDA   

    1. Kengash raqami - K. 087.14.01
    2. Kengash raisi, professor Mamazoir Axmedovich Xo`jamberdiev
    3. Telefonlar: 222-19-41;    222-31-10
    4. Kengashga ichki kasalliklar bo`yicha (14.00.05) nomzodlik dissertatsiyasini himoyasi ruxsat berilgan

MUTAXASSISLIK PASPORTI   

    Mutaxassislik shifri
    14.00.05 ichki kasalliklar
    Mutaxassislik formulasi
    Ichki kasalliklar - tibbiyotning shunday qismiki, unda ichki kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, semiotikasi, diagnostikasi, prognozi xamda profilaktikasi o`rganiladi.
    Izlanish tarmoqlari:
    1. YUrak qon-tomir, o`pka, oshqozon-ichak, buyrak, qo`shuvchi to`qima, jigar hamda bo`g`im kasalliklarining etiologiya va patogenezini o`rganish;
    2. Ichki kasalliklarni klinika va diagnostikasini laborator (klinik, immunologik, bioximik va h.k.), asbob-uskunalar, genetik va boshqa usullar bilan o`rganish;
    3. Ichki kasalliklarni tashxislash va qiyosiy tashxislashni laborator, asbob-uskunalar va boshqa diagnostik usullar yordamida takomillashtirish;
    4. Ichki kasalliklarda qo`llaniladigan dorilarni ta'sir etish doirasini o`rganish hamda davolashning nomedikamentoz usullarini keng qo`llash;
    5. Ichki kasalliklarni davolash va profilaktika jarayonlarini takomillashtirish.
    Fan tarmog`i:
    Tibbiy fanlar
    Dissertatsiyani qo`shimcha mutaxassisliklar bilan aloqadorligi
    Ichki kasalliklar bo`yicha bajarilgan ilmiy ishlar morfologik, patofiziologik, immunologik, bioximik, bakteriologik va boshqa tekshiruvlarni ham o`z ichiga olishi mumkin.

DISSERTATSIYA ISHLARINI BAHOLASH MEZONLARI:   

Umumiy mezonlar
    1. Dissertatsiya ishlarini Respublika iqtisodiyotining dolzarb yo`nalishlariga bag`ishlanishi;
    A) Dissertatsiyaning mavzusi, maqsadi va vazifalarini sohaning dolzarb mavzulariga bog`langan bo`lishi;
    B) Tekshirish usullarini ham zamonaviyligi;
    V) Ishning ilmiy yangiligi va amaliyotga berilayotgan tavsiyalarni Respublikaning sotsial-iqtisodiy taraqqiyotiga yordam berishi;
    2. Dissertatsiya ishini quyidagi talablarni biriga javob berishi:
    Ilmiy ishning tibbiyotning dolzarb ilmiy vazifalarini echishiga qaratilganligi
    3. Dissertatsiya ishida tanlangan mavzuni dissertatsiyaning bo`limlarida to`laqonli yoritilishi (mutaxassislik pasporti asosida)

Dissertatsiya ishining maksadi, vazifalari, tekshirilish manbalarini baholash mezonlari
    4. Dissertatsiya ishining maqsadini nazariy va amaliy jihatdan asoslanishi;
    5. Dissertatsiya ishining vazifalarini tekshirish maqsadiga muvofiqligi, to`la yoritilishi, ularni ravon va qisqa bayon qilinishi;
    6. Dissertatsiya ishining vazifalarini murakkablik darajasi, ularni echishdagi holatlar ko`lamini aniqlash;
    7. Tekshiriluvchi ob'ektlarni dissertatsiya ishining maqsad va vazifalariga mos ravishda tanlanishi;
    8. Tanlangan muammoni qay darajada o`rganilganligi, mavzuga oid ma'lumotlarni tartib bilan keltirilganligi, yangiliklarni yoritilishi va bir hulosaga kelinishi.

Tekshirish usul va uslublarini baholash mezonlari:
    9. Dissertatsiyaning uslubiy darajasi, ilmiy ishdagi tekshirish usullarini zamonaviyligi va taraqqiyotga mosligi;
    10.
    11. Tekshirish usullarini qo`llashdagi asoslar, ularni to`g`ri bajarilishi;
    12. Qo`llanilgan statistik usullarni olingan ma'lumotlarni asoslanishi va to`g`rigini hal etish darajasi;
    13. Dissertatsiya ishidagi ma'lumotlarni va keltirilgan xulosalarni har birini asoslanganligi, to`g`riligi;

Ishning ilmiy yangiligini baholash mezonlari
    14. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi;
      A) Ilmiy izlanishning tugallanganligi, uni tekshirilishidan kelib chiqqan yangiliklar;
      B) Tanlangan ilmiy muammoni yangi echimini aniqlanganligi;
      V) Topilgan mezon va ko`rsatkichlarni yangiligi yoki takomillashtirilganligi;
      G) Tanlangan muammoga ma'lum bo`lgan vazifalarni echilishida yangilik kiritilgani
      D) Tanlangan muammoni ilmiy va amaliy echilishida dissertantning qo`shgan xissasi.
    15. Dissertantning ilmiy ishi natijasidagi echimlarni fanni dolzarb muammolariga mos kelishi;

Oxirgi echimlarni baholash mezonlari
    16. Dissertatsiyada qo`yilgan maqsad va vazifalarni to`laqonligi bajarilishi. Xulosalarni, tavsiyalarni ishning maqsadiga mos kelishi. Dissertatsiyaning ilmiy natijalarini Respublika va xalqaro anjumanlarda aprobatsiyadan o`tganligi

Chop etilgan maqola va tezislarni baholash mezonlari
    17. Chop etilgan ishlarni yangiligi, to`laqonligi va soni;
      A) Ilmiy maqolalarda dissertatsiyada quyilgan maqsad va vazifalarni yoritilishi. SHu yo`sinda bajarilgan boshqa ishlardan farqi, mualliflarning taklif etayotgan muammolari;
      B) Maqolalarda muallif quyilgan masalalarga oid ilmiy-amaliy yoki yangi usullarni bayon etish;
      V) Maqolalarda amaliyotga shu mavzularni taraqqiyoti bo`yicha takliflar kiritish;
      G) Makolalarda dissertatsiyaning bo`limlaridan chiqqan hulosalar o`z aksini topishi;
    18.

Tekshirish natijalarini amaliyotga tadbiqini baholash mezonlari:
    19. Bajarilgan ilmiy ishning amaliyotga tadbiqini aktlar bilan tasdiqlanishi;
    20.
    21.
    22.Sotsial ahamiyatga molik ishlar tadbiqi;
      A) Nazariy va uslubiy jihatli ishlarda ilmiy tadqiqotni yangiligi bilan boshqa boshqarilgan ishlardan farqlanishi;
      B) Ilmiy izlanish natijasini sotsial ahamiyati, atrof muhit musaffoligini yaxshilash, yashash sharoitini yaxshilanishi va boshqalar bilan baholanadi.
    23. Ilmiy izlanishlarni amaliyotga kiritilishi quyidagilar bilan baholanadi:
      A) O`quv va o`quv-uslubiy qo`llanma chop etish
      B) Monografiya chop etish
      V) Patent va avtorlik guvohnomasini, litsenziyani olish;
    24. Ilmiy ish amaliyotga kiritilgan deb, agarda uning natijalari boshqaruv organlarini instruktsiya, uslubiy ko`rsatmalariga kiritilgan bo`lsa;

Texnik mezonlar
    25. Dissertatsiya ishini OAK talablariga hos bajarilishi;
    Avtoreferatni dissertatsiya mazmuniga mos kelishi. Dissertatsiyani aniq, ravon va malakali yozish. Avtoreferat va dissertatsiyani yozishda texnik qoidalarga rioya qilish.

KENGASH A'ZOLARI:   

№ F.I.O Ilmiy darajasi Mutahassislik shifri
1. Xo`jamberdiev M.A.(rais) tibbiyot fanlari doktori 14.00.06
2. Jumaboev T.Z. (rais urinbosari) tibbiyot fanlari doktori 14.00.05
3. Saloxiddinov O.S. (ilmiy kotib) tibbiyot fanlari doktori 14.00.06
4. Tursunov S.YU. tibbiyot fanlari doktori 14.00.06
5. Mirzaev K.M. tibbiyot fanlari doktori 14.00.10
6. Mamadov Yu.M. tibbiyot fanlari doktori 14.00.25
7. Soliev Q.K. tibbiyot fanlari doktori 14.00.29
8. Saloxiddinov Z.S. tibbiyot fanlari doktori 14.00.06
9. Fozilov A.V. tibbiyot fanlari doktori 14.00.05
10. Rustamova M.T. tibbiyot fanlari doktori 14.00.05
11. Churikova A.S. tibbiyot fanlari doktori 14.00.24
12. Yuldashev A.X. tibbiyot fanlari doktori 14.00.05
13. Zoxidova M.Z. tibbiyot fanlari doktori 14.00.05


ILMIY DARAJAGA TALABGORLAR TO`G`RISIDA MA'LUMOTLAR   

     a) Ximoya uchun ariza bergan ilmiy izlanuvchilar ro`yxati;
     b) Ariza bergan vaqti;
     v)Dissertatsiya mavzusi;
     g) SHifr va mutaxassislik;
     d) Ilmiy raxbar;
     e) Ish bajarilgan tashkilot nomi.
     j) Ilmiy seminardan o`tganligi haqida ma'lumot

E'lonlar doskasi

Let's learn to speak other languages

Yurtimiz yangiliklari

• Osiyo chempionatining oltin medallari
• Milliy emlash kunlari: ikkinchi bosqich boshlandi
• Oqsaroyda qabul
• Andijon: o'rganishga munosib tajriba

Rectorat | O`quv bo`limi | Ma`naviyat bo`limi | Ilmiy bo`lim | Amaliyotlar bo`limi | Fakultetlar | Bakalavriat | Magistratura | Aspirantura | Kutubxona | Davolash ishlari | ADTI Klinikalari | Halqaro aloqalar | Konferensiyalar | Ilmiy kengash | Kafedralar | Talabalar uyi | Bo'sh vaqtlarda |

© 2003-2010 www.andmi.uz
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali