Let's learn to speak other languages

.:: Asosiy.:: Faoliyat.:: Talabalar.:: Hizmatlar.:: E-Pochta |
Andijon Davlat tibbiyot instituti Farg`ona vodiysining ko`xna shaharlaridan biri Andijonda 1955 yilda tashkil topgan. Institut respublikadagi oliy o`quv yurtlari ichida o`zining munosib o`rniga ega. Institutning ilmiy salohiyati yil sayin rivojlanib bormoqda. Respublikamizning mustakillik yillarida institut pedagog-olimlari sog`liqni saqlash amaliyotiga 5000 dan ziyod oliy ma'lumotli shifokor mutaxassislar etishtirib berdi, 452 nafar klinik ordinator, 109 nafar aspirant, 13 nafar doktorant tayyorladi. Bugungi kunda akusherlik va ginekologiya, odam anatomiyasi, LOR, ichki kasalliklar, kardiologiya, pediatriya, teri va tanosil kasalliklari, davolash jismoniy tarbiyasi va sport tibbiyoti, patologik fiziologiya, normal fiziologiya, nur diagnostikasi va nur terapiyasi, travmatologiya va ortopediya, farmakologiya, xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, psixiatriya, neyroxirurgiya ixtisosliklari buyicha aspirantura, xirurgiya va neyroxirurgiya yo`nalishi bo`yicha esa doktorantura faoliyat ko`rsatmoqda. Institutda 4 nafar O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, 3 nafar Nyu-York akademiyasi va 2 nafar Rossiya Pedagogika fanlar akademiyasining a'zolari ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etmoqdalar. Institutda davolash, pediatriya, tibbiy pedagogika, oliy ma'lumotli hamshiralar tayyorlash, vrachlar malakasini oshirish fakultetlari, 59 ta kafedra mavjud, 1030 ta xodim mehnat qiladi. Ularning 452 nafarini professor-o`qituvchilar tashkil qiladi. Pedagoglarning 54 tasi fan doktori, professor, 180 tasi fan nomzodi, dotsentlardir. Davolash fakultetida 1295 nafar, pediatriya fakultetida 1210, tibbiy pedagogika fakultetida 46, oliy ma'lumotli hamshira tayyorlash fakultetida 50 nafar talaba taxsil olmoqda. Institutda tibbiyotning ichki kasalliklar, kardiologiya, xirurgiya, akusherlik va ginekologiya, urologiya, pediatriya, psixiatriya, bolalar yuqumli kasalliklari, onkologiya, neyroxirurgiya, bolalar jarroxligi yo`nalishlari bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Kafedralar institut klinikasida va viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tarkibidagi turli shifoxonalarda joylashgan. Bu kafedralar zamonaviy jixozlar va texnik vositalar (videoikkiliklar, kompyuterlar) bilan ta'minlangan. Institut 'Zdorove', 'YUSAID', 'TEMPUS', va 'SOROS' xalqaro loyixalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Institut klinikasi 700 o`rinli bo`lib, zamonaviy tibbiy-diagnostik uskunalar (MRT, doppler, skaner, endoskop va hokazolar) bilan jixozlangan. Institutda Respublika Vertebrologiya, Limfologiya hamda Kardioxirurgiya markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Institut o`quv jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori saviyada amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarga ega. Institut axborot-texnologiya markazi va kafedralarida 300 dan ziyod zamonaviy kompyuterlar, minitipografiya, skaner, rangli printer va kserokslar ishlab turibdi, 4 ta kompyuter sinfi mavjud, 30 ta internet tizimi faoliyat ko`rsatmoqda. Institut o`zining WEB saxifasiga ega.286000 nusxa kitob fondiga ega bo`lgan institut kutubxonalari ixtiyorida 5 ta o`quv zali bor, elektron kutubxonaning 100 dan ortiq lazer diskida tibbiyotga oid yangi axborot to`plamlari mavjud. Institutning markaziy ilmiy tekshiruv laboratoriyasida oshqozon-ichak shirasi fermentlari va zamonaviy immunologiya soxasidagi tadkikotlar o`tkaziladi. Ilmiy izlanishlar uchun vivarium mavjud. Instituda iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo`lga qo`yilgan, uch nafar talaba - Prezident davlat stipendiati. Institut klinikasi, klinik bazalar va tug`ruq uylarida joylashgan barcha operatsiya xonalari zamonaviy usuldagi masofali o`qitish tizimiga ulangan. Operatsiya jarayoni videokamera orqali o`quv xonalari va ma'ruza zallaridagi teleekranlarga uzatilib, talabalar mashg`ulot davomida o`tkazilayotgan operatsiya jarayonini muxokama qiladilar, jarrox bilan ikki tomonlama aloqaga kirishish, savol-javob qilish imkoniga ega bo`ladilar. Operatsiya jarayoni videotasmalarga yozilib, kelgusi darslarda ham tahlil qilinadi. Institut olimlari o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, davolash ishlari bo`yicha MDX va xorijiy mamlakatlarning nufuzli institutlari bilan xamkorlikda ish olib boradilar. Quyidagi oliy ukuv yurtlari bilan o`zaro manfaatli aloqalar o`rnatilgan: Rossiya meditsina universiteti, Rossiya meditsina diplomdan keyingi ta'lim akademiyasi, Sankt-Peterburg meditsina diplomdan keyingi ta'lim akademiyasi, Kiev meditsina akademiyasi, Volgograd meditsina akademiyasi, Novosibirsk meditsina universiteti. Institut olimlaridan bir guruxi Frantsiyaning Milliy ilmiy markazi mutaxassislari bilan 'Sever i YUg Gimalaev' xalkaro immunologik ilmiy tekshirishlarida katnashdilar. Institut bitiruvchilaridan bir nechtasi Moskvaning etakchi institutlarida va Gollandiyada dissertatsiya ximoya qildilar, klinik ordinaturada taxsil olmoqdalar va malaka oshirmoqdalar. Institut olimlari Angliya, Daniya, Gollandiya, Isroil, Avstriya, Estoniya, Qozog`iston, Qirgiziston kabi xorij va MDX davlatlarida ilmiy-ijodiy safarlarda bo`ldilar. Institutimizning ikkita bitiruvchisi 'O`zbekiston Qaxramoni' unvoniga sazovor bo`lgan (Kuchkorova Oyshaxon, Saitova Onesiya Saitovna). Institutning sobiq talabalari xozirgi kunda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligida, respublika sog`liqni saqlash tizimlarida raxbarlik lavozimlarida ishlamoqdalar. Taniqli infektsionist olim - akademik V.V.Maleev va jaxonga tanilgan kardioxirurg R.S.Akchurin shu institutda taxsil olganlar. Talabalar uchun zamonaviy sport kompleksi mavjud. Bo`lib o`tgan universiada sport musobaqalarida institut talabalari bir necha oltin, kumush va bronza medallari va boshqa sovrinli mukofotlar soxibi bo`ldilar. Institut olimlari quyidagi asosiy yo`nalishlar bo`yicha ilmiy- tadqiqotlar olib bormoqdalar: Institut olimlari tomonidan mustaqillik yillarida nufuzli jurnallarda, ilmiy-amaliy anjuman to`plamlarida chop etilgan maqolalar soni 6185 dan ortdi. SHu yillar mobaynida institutda 51 nafar tibbiyot fanlari doktori, 104 nafar tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlandi. Institut olimlari tomonidan 38 ta monografiya, 7 ta o`quv darsligi, 487 ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar nashr qilindi, 84 ta ixtiro va 776 ta ratsionalizatorlik taklifi amaliyotga tatbiq etildi. |
E'lonlar doskasi |
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali