Boshqaruv
RectoratO`quv bo`limiMa`naviyat bo`limiIlmiy bo`limAmaliyotlar bo`limiJamoat tashkilotlari
Ta'lim
FakultetlarMagistraturaAspiranturaDoktoranturaYosh olimlar kengashiKutubxonaVrachlar malakasini oshirish
DAVOLASH & TADQIQOT
Davolash ishlariADTI KlinikalariIlmiy tadqiqot bo'limiHalqaro aloqalarKonferensiyalarIlmiy kengashMITL
Kafedralar
Gumanitar-ijtimoiy fanlar kafedralariMediko-biologik tabiiy fanlar kafedralariUmum mutaxassislik va maxsus fanlar
TALABALAR HAYOTI
Talabalar uyiTalabalar konferensiyasiIqtidorli talabalar
ABITURIENT 2010 Ihtisoslashgan kengash
 

.:: Asosiy

Institut tarihiInstitut yangiliklariInstitut tuzilishi www.gov.uz www.edu.uz www.lex.uz www.andijan.uz www.doctor.uz

.:: Faoliyat

Davolash ishlariIlmiy tadqiqot ishlariZIYONET resurslariBarkamol avlodUniversiyada-2010BUKLETLARPrezident asarlari

.:: Talabalar

Dars jadvaliKutubxonaIqtidorli talabalar

.:: Hizmatlar

Sayt haritasiStatistika

.:: E-Pochta

Login:  
Parol:  
          

Yangiliklar

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TAQDIMOT MAROSIMI

    
   O‘zbekiston Respublikasida o‘n to‘qqiz yillik mustaqillik davrida keng miqyosda bunyodkorlik ishlari olib borildi. Ayniqsa, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohada erishilgan natijalar quvonarlidir.
   Yaqinda nashr etilgan “Bu muqaddas Vatanda azizdir  inson” risolasida ana shu masalalar alohida ifodasini topgan.
   2010 yil 4 sentabr kuni institutda mazkur risolaning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor, tibbiyot fanlari doktori M.M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochdi. Yig‘ilishda so‘z olgan ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining boshlig‘i A.Qo‘ldoshev, tibbiyot fanlari doktori A.Hotamov, dotsent A.Arzibekovlar risolaning o‘ziga xos mazmun va mohiyati haqida so‘zladilar.
   Mazkur risolaning taqdimot marosimi barcha kurs va kafedralarda, talabalar guruhlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2010-09-04

VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    

   2010 yil 3 sentabr kuni institutda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ullar hamda targ‘ibotchilar guruhi a’zolari ishtirokida yihilish o‘tkazildi.
   Yig‘ilishda «Bu muqaddas Vatanda azizdir inson» ezgu goyasining mazmun va mohiyatini talabalar ongiga yanada chuqurroq singdirish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mazkur ezgu g‘oyani institutga biriktirilgan shahar va tumanlar aholisi o‘rtasida ham tushuntirishga kelishib olindi.
   Yig‘ilish so‘nggida mas’ullar hamda targ‘ibotchilarga ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan mazkur mavzuda tayyorlangan maxsus buklet qo‘llanma sifatida tarqatildi.

2010-09-03

Andijon davlat tibbiyot institutida keng tantana qilindi

    2010 yil 2 sentabr kuni institutda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi hamda «Bilimlar kuni»ga bag‘ishlangan rasmiy tantana bo‘lib o‘tdi. Tantanada so‘zlagan institut rektori, professor A.Q.Shadmanov o‘n to‘qqiz yillik davr ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shu kuni barcha guruhlarda tashkil qilingan «Ma’naviyat kuni» mashg‘ulotlarida «Bu muqaddas Vatanda azizdir inson» mavzui tevaragida so‘z bordi.
2010-09-02

DTM VARAQALARI

    Hurmatli abiturientlar.

DTM varaqalarini 29.07.2010 yili olib ketishingiz suraladi
2010-07-26


    
   Andijon Davlat tibbiyot instituti 2010 yil 10-11 dekabr kunlari «Fertil yoshdagi ayollarda reproduktiv salomatlikni mustaxkamlash va zamonaviy profilaktik yo‘nalishlar» mavzusida hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.

ko’chirib olish
2010-07-15

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA DOLZARB VAZIFA MUHOKAMA QILINDI

    
   2010 yil 14 iyul kuni  qabul komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari, abiturientlar, ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
   Yig‘ilishini ochar ekan institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor,  qabul komissiyasi raisining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori M.M.Madazitmov qabul jarayonida belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy amal qilish, ayniqsa, ta’magirlik singari holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.
   Qabul komissiyasining mas’ul kotibi, dotsent G.Mamatxo‘jaeva qabul jarayonidagi o‘zgarishlar, qabul Nizomi, test sinovlarini topshirishning o‘ziga xos tartiblari yuzasidan qatnashchilarga tushunchalar berdi.
   Yig‘ilishda abiturientlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollaroga ham javob qaytarildi.
2010-07-15

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA QIZG‘IN HOZIRLIK KO‘RILMOQDA

    
   Institutda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘n tuqqiz yilligiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Bayramni uyushqoqlik vaziyatida kutib olinishini ta’minlash yuzasidan maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur tadbirlar rejasida jamoa orasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bilan bir qatorda hududda keng miqyosda tozalov, obodonalashtirish, ta’mirlash ishlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
   Hozirda institut bosh o‘quv binosi ta’mirdan chiqarildi, oqlanib, suvaldi hamda buyoqdan chiqarildi.
   Bundan tashkari, institutda 3000 to‘p manzarali, mavsumiy ko‘chatlar ekish va parvarishlash ishlari ham qizg‘in davom ettirilmoqda.
2010-07-14

VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    
   2010 yil 8 iyun kuni  institut murabbiylar kengashining bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2009-2010 o‘quv yilida murabbiylar tomonidan amalga oshirilgan ishlar  atroflicha tahlil qilindi. Bu haqda institut murabbiylar kengashining raisi dotsent A.Arzibekovning hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda 2010-2011 o‘quv yilida qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.
2010-06-09

KIYINISH MADANIYATI

    
   Har bir halqning o‘ziga hos milliy qadriyatlari mavjud. Bu jarayon mazkur halqning kiyinish madaniyatida ham o‘z aksini topishi shubhasizdir.
   2010 yil 9 iyun kuni talabalar o‘rtasida “Kiyinish madaniyati” mavzuida o‘tkazilgan davra suhbatida ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
   Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan tadbirda yetuk va malakali mutaxassis professor-o‘qituvchilar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardilar.
2010-06-09

Dolzarb mavzuga bag‘ishlandi

    
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida jamiyatimizni ma’naviy taraqqiyotini ta’minlash va bu borada olib borilayotgan isloxotlarni yanada chuqurlashtirishdek ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shu bilan bir qatorda asarda  har bir fuqarodan ma’naviy jasorat ko‘rsatib yashash lozimligi o‘qtiriladi.
   Jamiyatning ma’naviy taraqqaiyoti o‘ziga hos qadriyatlarga, o‘tmishda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosga tayanishi shubhasizdir. Shu jihatdan olib qaralganda o‘zbek jadid adabiyotining yirik namoyondasi, shoir, jurnalist va dramaturg Abdulla Avloniy qoldirgan boy ma’naviy meros bu sohada biz uchun muhim zamin hisoblanadi.
   Institut talabalari o‘rtasida 3-4 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan davra suhbatlarida yuqoridagi masalalar tevaragida so‘z bordi.
   Davra suhbatlarida institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori Madaminjon Mo‘minovich Madazimov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining boshlig‘i Axmadali Qo‘ldoshev, “Falsafa, O‘zbekiston tarixi” kafedrasining katta o‘qituvchisi Omonullo Abdusalomovlarning ma’ruzalari tinglandi.
   Shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asariga ishlangan multimedia dasturi namoyish etildi.
2010-06-04

VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    
   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini yanada mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ijro intizomini yanada mustaxkamlash borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Institutda Hukumatimizning mazkur Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar asosida ish tashkil etilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
   2010 yil 4 iyun kuni institut prorektorlari, bo‘limlar boshliklari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda institutda ijro intizomini yanada mustaxkamlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.
   Yig‘ilishda so‘zlagan ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor, tibbiyot fanlari doktori M.M.Madazimov Hukumatimiz Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni ko‘rsatib berdi.
2010-06-04

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

    
   “1 iyun – Halqaro  bolalarni himoya qilish” kuni institutda keng miqyosda nishonlandi. Shu maqsadda 74 nafar murabbiylar tomonidan barcha guruhlarda suhbat va muloqot kechalari tashkil qilindi.
   Bundan tashqari, institut jamoasi “1 iyun – Halqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan viloyat miqyosidagi tadbirlarda ham faol qatnashdilar.
2010-06-03

JONLI MULOQOT

    
   Talaba yoshlar qalbida muqaddas dinimizdagi turli diniy reaksion oqimlarga qarshi nafrat tuyg‘usini yanada shakllantirish ustuvor vazifalardan biridir.
   2010 yil 3 iyun kuni institutda “Islom va ma’naviyat” mavzuida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati jarayonida “Falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Abdusalomov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining boshlig‘i A.Qo‘ldoshevlarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.
   Shuningdek, ma’ruzachilar talabalarni qiziqtirgan savollarga ham javob qaytardilar.
   Jonli muloqot yakunida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tayyorlangan “Halqaro terrorizm - XX! Asr muammosi” mavzuidagi multimedia dasturi namoyish etildi.
2010-06-03

MULOQOTNING SAMARASI TA’MINLANMOQDA

    
   Talabalar orasida ommaviy tadbirlar o‘tkazish bilan bir qatorda individual muloqotlar tashkil qilish o‘zining ijobiy samarasini beradi. Boisi, ko‘pchilik orasida aytilmagan fikrlar individual muloqotda oshkora bildirilishi mumkin.
   Shu boisdan, institutda 74 nafar murabbiylarning o‘z guruhlarida talabalar bilan muloqotlari sifati va samaradorligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.
   17-22 may kunlari murabbiylar o‘z guruhlarida uchrashuvlar tashkil qilib, mazkur muloqotlarda Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari hamda “Universiada – 2010” sport musobaqalarini yoshlarning jismoniy kamolotini ta’minlashdagi  ahamiyatiga alohida to‘xtaldilar.
   Shuningdek, muloqotlar jarayonida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

2010-05-22

YANGI QO‘LLANMA TAYYORLANDI

    
   Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida murabbiylarga, targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan shug‘ullanuvchilarga qo‘llanma sifatida “Islom dinidagi reaksion oqimlar: mazmuni, mohiyati, g‘arazli maqsadlari” mavzuida buklet tayyorlandi. Mazkur bukletni 58 ta kurs va kafedralarga, 74 nafar murabbiylarga hamda targ‘ibotchilar guruhi, talabalarga tarqatilishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
2010-05-22

JONLI MULOQOT

    
   Institut rahbarlarining talabalar bilan jonli muloqotlarini o‘tkazish o‘ziga xos an’anaga aylanib qolgan. Bu eng avvalo institutda o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot jarayonini yanada shakllantirish, mavjud muammolarni o‘z joyida hal etish imkonini bermoqda.

   2010 yil 20 may kuni ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor, tibbiyot fanlari doktori Madaminjon Mo‘minovich Madazimov talabalar huzurida bo‘lib, ular bilan dildan suhatlashdi.

   Suhbat jarayonida M.M.Madazimov yoshlarga institutda «Universiada – 2010» sport musobaqalariga tayyorgarlikning ahvoli va bu borada qilinayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u talabalarni qiziqtirgan savollarga ham javoblar qaytardi.
2010-05-20

EFIRDA – DOLZARB MAVZU

    
   Institutda tashqil qilingan «Ma’naviyatchi» studiyasi har kuni dolzarb mavzularda eshittirishlar tashkil qilib bormoqda. Mazkur eshittirishlarda halqaro, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Respublikamiz va viloyatimizdagi yangiliklar bilan bir qatorda eng ustuvor mavzular bo‘yicha suhbatlar tashkil qilinayotir.

   2010 yil 20 may kuni studiyaning navbatdagi eshittirishida Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asarining o‘ziga hos hususiyatlari haqida so‘z bordi.
2010-05-20

«UNIVERSIADA – 2010» ESHIK QOQMOQDA

    
   «Universiada – 2010» sport musobaqalarining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Uni yuksak uyushqoqlik vaziyatida tashkil qilish ustuvor vazifalardan biridir.

   Shu munosabat bilan institutda musobaqalarga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Musobaqalarda qatnashuvchi guruhlarda tashkil qilinayotgan mashg‘ulotlar malakali murabbiylar tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

   Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarning talabalar turar joylarida istiqomat qilishlari jarayonida ularga madaniy-maishiy sharoitlar yaratish ham nihoyasiga yetdi.
2010-05-20

DOLZAB MAVZUDA SUHBAT

    
   Talaba yoshlar qalbida jinoyachilik, huquqbuzarlik singari illatlarga qarshi nafrat tuyg‘usini shakllantirish barkamol avlod tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, bu jarayonda yoshlarning huquq tartibot idoralari vakillari bilan jonli muloqotlarini tashkil etish muhimdir.

   2010 yil 20 may kuni militsiya uchastka noziri, katta leytenant Azizbek Yuldashev bilan o‘tkazilgan jonli muloqotda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda bu boradagi ustuvor vazifalar tevaragida so‘z bordi.
2010-05-20

BELLASHUVGA QIZG‘IN XOZIRLIK KO‘RILMOQDA

    
   Institutning sportchi yoshlari ham bo‘lajak «Universiada – 2010» sport musobaqalariga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda. Ular musobaqalar tarkibiga kirgan shaxmat, futbol, voleybol turlari bo‘yicha institut, 5 tur bo‘yicha viloyat sharafini himoya qiladilar.
   Ayni kunlarda institutda bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik qizg‘in olib borilmoqda.

Batafsil...

2010-05-18

MADANIY XORDIK YUTUQLAR GAROVI

    
  Institutda «Universiada – 2010» sport musobaqalari jarayonida ularning bo‘sh vaqtilarini mazmunli o‘tkazishga ham qizhin xozirlik ko‘rilmoqda.
  Shu maqsadda tadbirlar rejasiga ishlab chiqarilgan bo‘lib, belgilangan rejaga binoan ular bo‘sh vaqtlarida Andijon shahridagi Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi hamda adabiyot va san’at, ulkashunoslik muzeylariga tashriflari uyushtiriladi.

Batafsil...
2010-05-18

PREZIDENDIMIZ ASARI O‘RGANILMOQDA

    
   Institutda Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarini chuqur o‘rganishga e’tibor tobora kuchaymoqda. 2010 yilning 17-18 may kunlari barcha guruhlarda bo‘lib o‘tgan davra suhbatlarida Yurtboshimiz asari tevaragida so‘z bordi.
   19 may kuni bo‘lib o‘tgan  «Ma’naviyat soati» mashg‘ulotlarida xam mazkur mavzu o‘rganildi.

Batafsil...







2010-05-18

CHEKISH - UMR ZAVOLI

    
   Bugungi kunda kishilarni juda ko‘p falokatlarga olib kelayotgan zararli odatlardan biri tamaki chekishdir.
   Tamaki - nafaqat ruhiy, balki jismoniy qotil hamdir. Chekish juda ko‘p kasalliklarning kechishini va ularni davolashni qiyinlashtiradi.

Batafsil...
2010-05-17


    
   Mustaqillik yillarida mamlakatimizda buyuk bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugun qishloqlarimizning tobora chiroy ochib borayotganligi, yangidan-yangi bilim dargohlari qurib foydalanishga topshirilayotganligi barchamizni quvontiradi.

Batafsil...

2010-05-15

DOLZARB MAVZUGA BAG‘ISHLANDI

    
   Bugungi kunda fuqarolar ayniqsa, talaba yoshlar orasida turli diniy reaksion oqimlarga qarshi kurash ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Zero, jamiyatimizning bugungi va ertasi yoshlar qalbiga qanday g‘oyalarni singdirishimizga bog‘liqdir.
Batafsil...
2010-05-15

NAVBATDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    
   2010 yil 15 may kuni institut Murabbiylar Kengashining bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida talaba yoshlar qalbiga Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobining mazmun va mohiyatini chuqurroq singdirish borasidagi ustuvor vazifalar tevaragida so‘z bordi.
  
Batafsil...
2010-05-15

TAQDIMOT MAROSIMI

    
   2010 yil 13 may kuni Andijon Davlat tibbiyot institutida Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asariga bag‘ishlangan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor, tibbiyot fanlari doktori M.M.Madazimov boshqardi.
   Taqdimot marosimiga bag‘ishlangan yig‘ilishni ochar ekan raislik qiluvchi Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarining mazmun va moxiyatiga aloxida tuxtaldi.
Batafsil...
2010-05-14


    
2002-06-20


    YANGILIKLAR ARXIVI
0000-00-00

E'lonlar doskasi

Let's learn to speak other languages

Yurtimiz yangiliklari

• Osiyo chempionatining oltin medallari
• Milliy emlash kunlari: ikkinchi bosqich boshlandi
• Oqsaroyda qabul
• Andijon: o'rganishga munosib tajriba

Rectorat | O`quv bo`limi | Ma`naviyat bo`limi | Ilmiy bo`lim | Amaliyotlar bo`limi | Fakultetlar | Bakalavriat | Magistratura | Aspirantura | Kutubxona | Davolash ishlari | ADTI Klinikalari | Halqaro aloqalar | Konferensiyalar | Ilmiy kengash | Kafedralar | Talabalar uyi | Bo'sh vaqtlarda |

© 2003-2010 www.andmi.uz
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi
Andijon Davlat tibbiyot institutining rasmiy web portali